Bayden Donbass, Zaporoje va Xersondagi referendumlar uchun Rossiyani jazolashga va’da berdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari davom etayotgan referendumlarga javoban Rossiya uchun qo‘shimcha tez va ta’sirli iqtisodiy xarajatlarni yaratish uchun ittifoqchilar bilan ishlaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Baydenning kecha, 23 sentyabr kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

“Qo‘shma Shtatlar hech qachon Ukraina hududlarini Ukrainadan boshqalarning bir qismi sifatida tan olmaydi. Rossiya referendumlari – bu soxta, Ukrainaning ayrim qismlarini kuch bilan qo‘shib olishga urinish uchun yolg‘on bahona, bu xalqaro huquqni, jumladan, BMT Nizomini qo‘pol ravishda buzishdir.

Biz ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan Rossiya uchun qo‘shimcha tez va ta’sirli iqtisodiy xarajatlarni yaratish uchun ishlaymiz”, deb ta’kidlaydi Amerika rahbari.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Kiyevga harbiy yordam berishda davom etadi.

“Biz Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda va o‘zini himoya qilish uchun ularga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatishda davom etamiz”, deydi AQSH Prezidenti.

Ma’lumot uchun, kecha, 23 sentyabr kuni Ukrainaning Donetsk (tan olinmagan DXR), Lugansk (tan olinmagan LXR), Xerson va Zaporoje viloyatlarida rossiyaparast kuchlar boshchiligada bir tomonlama RFga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar boshlandi. Ovoz berish 27 sentyabrgacha davom etadi.

Tan olinmagan DXR va LXRda ovoz berish byulletenida “respublikaning Rossiya Federatsiyasi ta’sis sub’ekti sifatida Rossiya tarkibiga kirishini” qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘qmi degan savol “ovozga” qo‘yilgan.

Zaporoje va Xerson viloyatlarida esa “Siz Ukrainadan ajralib chiqish, mintaqaning mustaqil davlat tashkil etishi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi tarafdorimisiz?” degan savol “ovoz”ga qo‘yilgan.

Ukraina hududlarida bir tomonlama referendum o‘tkazilishiga G‘arb davlatlari, hatto Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamagan Turkiya ham qoraladi. G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishini, NATO esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing