Bayden bir yilda qancha daromad qilgan?

Olam

image

Oq uy ma’muriyati AQSH Prezidenti Jo Baydenning 2022 yilgi oilaviy daromadi haqida hisobot hamda Davlat rahbari va birinchi xonim Jill Baydenning qo‘shma soliq deklaratsiyasini e’lon qildi. Hujjat Oq uy saytiga joylashtirildi

Hujjatga ko‘ra, o‘tgan yili Bayden va uning rafiqasi 579,5 ming dollar ishlab topgan. Shundan 170 ming dollarga yaqin mablag‘ 23,8 foiz daromad solig‘i stavkasida davlatga to‘langan.

Bundan tashqari, ular yigirma xil xayriya tashkilotlariga 20 ming dollar xayriya qilgan. Uning eng katta miqdori (5 ming dollar) bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi "Bo Bayden" jamg‘armasiga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Oq uy Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing