Bayden bilan kelishmovchiliklar G‘azoga hujumning oldini olmaydi – Netanyaxu

Olam

image

AQSH va Isroil o‘rtasidagi “fikrlar tafovuti”, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan Prezident Jo Bayden o‘rtasidagi kelishmovchiliklar G‘azoga hujumlarning oldini olmaydi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri "Fox News" telekanalining jonli efirida so‘z ochdi.

AQSH Prezidenti Baydenning Rafah u uchun “qizil chiziq” ekani haqidagi so‘zlarini eslatar ekan, Bosh vazir “Rafahda HAMAS a’zolari bor”, deb qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, u Bayden bilan HAMASni yo‘q qilishga kelishib olgan.

“Bizda Bayden bilan asosiy maqsadlar bo‘yicha kelishuvimiz bor, lekin turfa qarashlar ham yo‘q emas. Oxir-oqibat qarorni Isroil qabul qilishi kerak. AQSH-Isroil birligi G‘azodagi hujumlarni amalga oshirishga yordam beradi. Bizning o‘rtamizda kelishmovchiliklar bor, degan ishonch HAMASga yordam bermaydi", deydi u.

Ikki kun oldin AQSH Prezidenti Bayden Netanyaxu “hozir Isroilga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmoqda” degan edi. Uning ta’kidlashicha, Isroil Bosh vaziri G‘azodagi hujumlar va bu hujumlarda halok bo‘lgan 30 mingdan ortiq tinch aholi uchun ulkan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Bayden G‘azoda qurbonlar soni juda ko‘p ekanini va Netanyaxu hukumati bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing