Bayden Berdimuhamedovni yangi lavozimi bilan tabriklamadi 

Olam

image

AQSHning Ashxoboddagi elchixonasi Amerika Prezidenti Jozef Baydenning Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedovga Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan maktubini e’lon qildi.  

“Hurmatli janob Prezident! Turkmanistonning uchinchi Prezidenti bo‘lganingizni inobatga olib, sizga, oilangizga va butun mamlakat xalqiga Navro‘z bayrami quvonchli va farovon o‘tishini tilayman. Tinchlik va yangilanish kunida Amerika Qo‘shma Shtatlarida va butun dunyoda ko‘plab odamlar siz bilan birga ushbu ajoyib bayramni nishonlamoqda”, deyiladi maktubda. 

Qayd etish joizki, maktubda kichik Berdimuhamedovning prezidentlikka saylangani bilan tabriklanmagan. Ya’ni, nomada “saylovda g‘alaba qozonganingiz” yoki “saylanganingiz” degan so‘zlar yo‘q. 

Shu bilan birga, elchixona xabarida maktubning tarjimasi chop etilgan. Xabarning asl inglizcha versiyasi berilmagan. 

Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovini qonuniy deb tan olishdan bosh tortib, YeXHT xulosalariga qo‘shilib, Turkmaniston hukumati erkin, adolatli va raqobatbardosh saylovni ta’minlay olmaganini ta’kidlagan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkmanistonda joriy yilning 12 mart kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. 15 mart kuni amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov saylovda 72,97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Berdimuhamedov Bayden

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing