Bayden AQSHda umummilliy niqobli rejim joriy etishi mumkin – OAV
Olam
−
09 noyabr 2020
5173Demokrat Jozef Bayden Prezidentlikka kirishganidan so‘ng, darhol AQSHda umummilliy niqobli rejimni e’lon qilmoqchi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib, “Fox News” telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden har bir shtatda gubernatorlar ko‘magi bilan majburiy niqob taqishni ta’minlashni rejalashtirmoqda. Agar gubernatorlardan birortasi bu ishdan norozi bo‘lsa, bo‘lg‘usi Prezident bunday rejimni saylov okruglari bilan alohida muzokara qiladi.
Qayd etilishicha, AQSH qonunchiligiga ko‘ra, har bir shtat va tuman o‘z karantin cheklovlarini qo‘yishga haqli. Vashington ularni ko‘rsatmalar asosida o‘rnatishga haqli emas.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda koronavirus infeksiyasining 9,8 milliondan ortiq holati qayd etilgan.
LiveBarchasi