Bayden AQSH hukumatini moliyalashtirish muddatini uzaytirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 11 mart kuni federal hukumatni joriy yilning 15 martgacha vaqtincha moliyalashtirish tashabbusini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar tarqatdi.  

Ushbu rezolyutsiya shu hafta boshida Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan. AQSHda 2021 moliya yili 30 sentyabrda yakunlandi, biroq qonunchilar uzoq vaqt davomida 2022 yil uchun to‘liq byudjet bo‘yicha kelisha olmadi. Shu munosabat bilan ular davlat tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish bo‘yicha vaqtinchalik qarorlar qabul qilishga majbur bo‘ldi. Avvalgi bunday hujjat 11 martgacha amal qildi. Agar yangi rezolyutsiya shu vaqtgacha tasdiqlanmaganida, AQSH hukumat faoliyatini yana bir marta to‘xtatib turishi mumkin edi. 

Shuningdek, Bayden joriy moliya yilining qolgan qismi uchun (2021 yil oktyabr oyida boshlangan) AQSH hukumati tomonidan 1,5 trillion dollarlik moliyalashtirish tashabbusini kelasi haftada imzolashi kutilmoqda. Xususan, Ukrainaga 13,6 milliard dollar miqdoridagi gumanitar, harbiy va iqtisodiy yordamni o‘z ichiga olgan ushbu paket 9 mart kuni AQSH Vakillar palatasi tomonidan ma’qullandi, 10 mart kuni uni senatorlar ma’qulladi. Ushbu tashabbus joriy yilning 30 sentyabriga qadar federal hukumatni moliyalashtiradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing