Bayden 28 yildan buyon o‘zgarmagan soliq turini oshiradi
Olam
−
16 mart 2021
3458AQSH Prezidenti Jo Bayden 1993 yildan beri birinchi marta mamlakatdagi federal soliqlarni katta miqdorda oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Bloomberg" xabar bergan.
Nashrning ta’kidlashicha, bu koronavirus pandemiyasi masalasida uzoq muddatli iqtisodiy yordam dasturini moliyalashtirish uchun zarur.
Manbalarga ko‘ra, Baydenning iqtisodiy dasturi hajmi 2 trillion dollardan 4 trillion dollargacha bo‘ladi.
Yangi soliq choralari kelasi yildan kuchga kirishi mumkin.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden koronavirus pandemiyasi bilan zararlangan mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 1,9 trillion dollarlik chora-tadbirlar paketini ma’qullagandi.