Bayden hukumatining “qulog‘i” Ukrainaga bordi. Bunga sabab nima?

Olam

image

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns o‘tgan hafta Kiyevga tashrif buyurgan. U Ukrainada Prezident Vladimir Zelenskiy va mahalliy razvedka idoralaridagi hamkasblari bilan mintaqaviy taranglik va ularni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qilgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda. 

Rossiya G‘arbda Ukrainaga nisbatan o‘ziga xos tajovuzkor rejalarni inkor etadi, biroq uning NATOga qo‘shilish imkoniyatini “qizil chiziqlar”dan tashqariga chiqish deb biladi hamda Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilaridan bunday bo‘lmasligi uchun kafolat talab qiladi. 

“Direktor Berns o‘tgan chorshanba kuni Kiyevga oldindan rejalashtirilgan tashrif bilan borgan va u yerda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi xavfi fonida razvedka xizmatidagi hamkasblari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, muhokama mavzusi “Ukraina duch kelgan xavflarni baholash” bo‘lgan. 

“Tashrif chog‘ida u Prezident Zelenskiy bilan mavjud vaziyat va keskinlikni yumshatish borasidagi sa’y-harakatlarni ham muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi”, deyilgan xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan haftada Rossiya G‘arb davlatlari bilan Ukraina atrofidagi vaziyat va Yevropa xavfsizligi bo‘yicha uchta muzokara o‘tkazdi. Jeneva, Bryussel va Venadagi uchrashuvlar tomonlarning NATOni kengaytirish masalasiga yondashuvlaridagi farqni tasdiqladi va aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarsiz yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing