“Bavariya” yetakchisi “qizil iblis”ga aylanishi mumkin

Sport

image

“Manchester Yunayted” “Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myullerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sport Bild” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 34 yoshli yarim himoyachi “Bavariya” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmasa, uning transferiga urinishi mumkin.

“Man Yunayted” Myullerga 2023 yilning yanvarida ham qiziqish bildirgan, biroq nemis futbolchisi bu transferga e’tibor bermagandi. Erik ten Xag Tomasning muxlisi hisoblanadi. Murabbiy futbolchining tajribasi “Manchester Yunayted”ga yordam berishiga ishonmoqda.

Myuller yangi shartnoma bo‘yicha nemis futbolchisining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Myuller kamida 2025 yilgacha futbolda qolmoqchi. U Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Tomasning asosiy maqsadi “Bavariya”da qolish. U hatto MLS va Saudiya Arabistonidagi yirik shartnomalarni ham rad etdi.

Myuller joriy mavsum “Bavariya” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 485 daqiqada 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Bavariya Tomas Myuller

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing