“Bavariya”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
18 may
2180Kelasi mavsumda “Bavariya”ning bosh murabbiyi kim bo‘lishi hali to‘liq aniq bo‘lmasa ham, klub transfer oynasiga optimstik qaramoqda va allaqachon asosiy transfer rejalarini belgilab olgan. Bu haqa “The Independent” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi va shu maqsadda “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandeshni tarkibga taklif qilishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi ham faoliyatining qolgan qismida katta sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlaydi, shuning uchun u Myunxen klubi taklifini ko‘rib chiqishi mumkin.
Bundesligada moliyaviy feyr-pley qoidalari APLga qaraganda soddaroq bo‘lgani bois “Bavariya” bir nechta katta transferlarni amalga oshira oladi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Bruno Fernandesh joriy mavsum MYU safida Angliya chempionatida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.