“Bavariya”ning muhim futbolchisi ikki oy futboldan chetda qolishi mumkin

Sport

image

“Bavariya”ning niderlandiyalik futbolchisi Matteys de Ligt jarohat tufayli 6 haftadan ko‘proq muddatgacha maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda Bayern & Germany xabar berdi.

Himoyachi Germaniya kubogi doirasida “Saarbryuken”ga qarshi o‘yinda (1:2) tizzasidan jarohat oldi. Dastlabki tiklanish 4-6 haftagacha davom etishi kutilmoqda.

2 noyabr kungi tekshiruvdan so‘ng futbolchiga qo‘yilgan tashxis jiddiy bo‘lgan. Klub de Ligtni 8 haftagacha o‘yinlarni o‘tkazib yuborishidan xavotirda.

Joriy mavsumda de Ligt Bundesligada 7 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Himoyachining nemis klubi bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, de Ligtning qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Matteys de Ligt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing