“Bavariya” birinchi davrani chempion sifatida yakunladi

Sport

image

Kecha, 17 dekabr kuni Myunxenning “Bavariya” klubi Germaniya chempionatining 17-turida “Volfsburg”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi va qishki ta’tilga chempion sifatida yo‘l oldi. 

Bu Yulian Nagelsmann shogirdlarining 2015/16 yilgi mavsumdan buyon eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Jamoa o‘shanda Pep Gvardiola qo‘l ostida 46 ochko bilan 1-davrani chempion sifatida yakunlagan edi.

Qayd etish joiz, Bundesliga tarixida har doim 17-turdan so‘ng, eng kamida 43 ochko to‘plagan klub yakunda chempion bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, “Bavariya” 43 ochko bilan Germaniya Bundesligasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Eng yaqin ta’qibchi “Borussiya Dortmund” esa 16 turdan so‘ng, 34 ochko jamg‘argan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Bavariya Bundekliga

Baholaganlar

4

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing