Bashar Asadning avtomobillar kolleksiyasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)
Olam
−
08 Sentabr 2025 11412 2 daqiqa
Suriya poytaxti Damashqda mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asadning kolleksiyasiga oid nodir avtomobillar auksionda taqdim etildi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, savdolarda Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara ham ishtirok etishi kutilmoqda. Sotuvdan tushadigan barcha mablag‘lar Suriya taraqqiyot jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Kolleksiya bosqichma-bosqich sotuvga chiqarilmoqda. Birinchi qismda uchta superkar namoyish etilgan. Eng qimmat lot Ferrari F50 bo‘lib, uning narxi 3-4 million dollar atrofida baholanmoqda. Dunyo bo‘yicha atigi 349 dona shunday avtomobil ishlab chiqarilgan. Mashina 4,7 litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 520 ot kuchiga ega. U 100 km/soat tezlikka 3,7 soniyada chiqishi va 325 km/soatgacha tezlashishi mumkin.
Boshqa lotlar orasida Mercedes SL65 AMG Black Series avtomobili ham bor. U 500 ming dollarga baholangan. Ushbu avtomobil 670 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan ishlab chiqarilgan bo‘lib, 300 dona cheklangan seriyada mavjud. U 100 km/soat tezlikka 3,8 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa 320 km/soatni tashkil etadi.
Shuningdek, birinchi avlod Audi R8 superkari ham sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, u 5,2 litrli V10 dvigateli va 525 ot kuchiga ega.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Asad umumiy qiymati 20 million dollarga yaqin o‘nlab eksklyuziv avtomobillar kolleksiyasini qoldirgan. Keyingi bosqichlarda Ferrari F12 TDF va F430, Lamborghini Countach va Diablo, nodir Lamborghini LM002 yo‘ltanlamasi hamda Mercedes 600 W100 limuzini ham auksionga qo‘yilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Suriyani 20 yildan ortiq boshqargan Bashar Asad rejimi 2024 yil dekabrida ag‘darilgandi. Sobiq prezident esa Rossiyaga qochib o‘tdi. Kreml rasmiy ravishda unga “gumanitar maqsadda” siyosiy boshpana berganini tasdiqladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025