Bashar Asadning saroyida sovg‘alarga to‘la xona topildi 

Olam

image

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning prezidentlik saroyida sovg‘alar bilan to‘la xona topildi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, saroy qurolli muxolifat tomonidan egallangandan so‘ng jurnalistlarga ko‘rsatilgan. Xonada turli yodgorlik plakatlarini, Bashar Asad va boshqa dunyo liderlarining byustlarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tuyaning yarim metrli haykali, yashil g‘ilofda Saudiya Arabistonidan olib kelingan oltin qal’a va Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va shahzoda Filippning qirollik oilasi 2002 yildagi surati topilgan.

Sobiq prezidentning qarorgohi ostida tunellar tarmog‘i ham aniqlangan. “Al Jazeera” telekanali tomonidan e’lon qilingan videoda yotoq joylari, divanlar va stullar mavjud xonaga eltuvchi uzun koridorlar ko‘rsatilgan.

CNN esa Asadning qimmatbaho mashinalari bilan to‘lgan garajni tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bashar Asad rejimi ag‘darilgach, sobiq prezident Rossiyaga qochganida o‘zi bilan 135 milliard dollar olib ketgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad saroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing