Bashar Asad to‘rtinchi bor Suriya Prezidenti etib saylandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Suriya Arab Respublikasining amaldagi rahbari Bashar Asad to‘rtinchi prezidentlik muddatiga saylandi. U joriy yilning 26 may kuni o‘tkazilgan saylovlarda 95 foizdan ortiq ovoz olgan. Bu haqda Suriya parlamenti spikeri Hammuda Sabbag‘ ma’lum qilgan.

13,5 mln saylovchi Asadga ovoz bergan. Uning raqobatchisi ichki muxolifat vakili Mahmud Ahmed Muray va Sotsialistik Ittifoqchi partiyaning sobiq deputati Abdulla Sallum Abdulla mos ravishda 3,3 va 1,5 foiz ovoz olgan.

Saylovda jami 14,2 million suriyalik ishtirok etgan.

Asad yana bir yetti yillik muddatga saylangan. U prezident lavozimini 2000 yildan beri uzluksiz egallab keladi. Bu lavozimda u otasi Hafiz Asad o‘rnini egallagan. Hafiz Asad 1971 – 2000 yillar davomida Suriyani boshqargan. Bu yil u hokimiyatga kelganiga 50 yil to‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Italiya Tashqi ishlar vazirlari xalqaro hamjamiyatni Suriyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini tan olmaslikka chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing