Bashar Asad Rossiyadan minnatdorligini aytdi
Olam
−
11 fevral 2023
13773Suriya Prezidenti Bashar Asad Rossiya davlati va xalqiga zilzila munosabati bilan ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Suriya rahbari jurnalistlar bilan uchrashuvda ko‘rsatilgan yordam uchun rossiyaliklardan minnatdorligini aytgan.
“Biz hayron emasmiz, biz hammamiz do‘stmiz, bir xil qadriyatlarga egamiz. Ular Suriyani terrorizmga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatladilar va hozir Suriyani bu falokatda ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuning uchun biz nafaqat Rossiya hukumatiga, balki rus xalqiga minnatdorlik bildiramiz. Katta rahmat”, degan Prezident.
Ma’lumot uchun, Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi zilzila oqibatida 1387 kishi halok bo‘lgani, 2326 kishi esa jarohatlanganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali zilzila yuz bergan edi. Yer silkinishlari qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriyada ham sezilgandi. Keyinchalik Suriya butun dunyodan zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun yordam so‘ragandi. Kecha, 10 fevral kuni esa Suriyaning Rossiyadagi elchisi G‘arb davlatlarini Suriyaga yordam jo‘natmayotganini aytgan edi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi