“Barselona”ning sobiq murabbiyi Messi to‘p tepadigan klubga murabbiylik qiladi

Sport

image

“Inter Mayami” yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda sport jurnalisti Sezar Luis Merlo o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, MLS jamoasining navbatdagi murabbiyi Xerardo Martino bo‘ladi, u bilan Fil Nevill ishdan bo‘shatilganidan keyin kelishuvga erishilgan. Argentinalik mutaxassis iyul oyi boshida Amerika klubi safiga kelib qo‘shiladi. Aynan iyul oyida Martinoning ish vizasi berilishi kutilmoqda.

Xerardo Martino 2013/14 yilgi mavsumda “Barselona”da ishlagan. Uning qo‘l ostida jamoa La Ligada 2-o‘rinni egallab, Ispaniya kubog finaliga chiqqan va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

2022/2023 yilgi mavsum yakunida Messi PSJni tekinga tark etdi. Lionel “Inter Mayami”ning taklifini qabul qilishdan avval “Barselona” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi taklifini rad etdi. Shuningdek, amerikaliklar safiga Xordi Alba va Serxio Buskets ham kelib qo‘shilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Inter Mayami MLS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing