“Barselona” qaysi futbolchi uchun Messini “qurbon qilmoqchi”? 

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Borussiya Dortmund” o‘yinchisi Erling Xolandni sotib olish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Sun” xabar bergan.  

Norvegiyalik bilan shartnoma imzolash uchun kataloniyaliklar forvard Lionel Messi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha ishlarini qurbon qilishga tayyor. 

Argentinalik futbolchining shartnomasi joriy yil yozda yakuniga yetadi. 

Ushbu mavsumda Xoland 39 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urgan. Messi esa maydonga 46 marta tushib, 37 ta gol urgan va 12 ta golli pas bergan. 

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 76 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Xoland

Baholaganlar

1412

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing