“Barselona”ga gol urgan Tyuram YeCHL tarixiga kirdi

Sport

−

image

Fransiya terma jamoasi va “Inter” klubi hujumchisi Markus Tyuram Yevropa Chempionlar ligasi yarim finallarida urilgan eng tezkor gol muallifiga aylandi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 1 mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali ilk o‘yinida “Barselona” va “Inter” o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 30-soniyasidayoq mehmonlar hujumchisi Markus Tyuram hisobni ochdi va YeCHL tarixida yarim finallarda urilgan eng tezkor gol muallifiga aylandi. O‘yin jangovar 3:3 hisobida yakunlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar ligasi tarixidagi eng tezkor golni 2007 yilda “Bavariya” hujumchisi Roy Makaay Madridning “Real” klubi darvozasiga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing