“Inter” A Seriyaning eng qimmat jamoasiga aylandi
Sport
−
08 Oktabr 1174 2 daqiqa
“Transfermarkt” portali Italiya A Seriyasi futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi. Yangilangan transfer narxlaridan so‘ng Milanning “Inter” klubi Italiyadagi eng qimmat jamoaga aylandi.
Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, milanliklar tarkibini 693 million yevroga baholagan. Bu ko‘rsatkich “Inter”ni Italiyadagi eng qimmat jamoasiga aylantirdi. “Yuventus” jamoasining tarkibi 602 million yevro bilan ikkinchi, “Napoli” klubining tarkibi esa 503 million yevro bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi. Reytingda to‘rtinchi o‘rinni 471 million yevroga baholangan “Milan” jamoasi egallagan bo‘lsa, beshinchi o‘rinda 459 million yevrolik tarkibga ega “Atalanta” joylashgan.
Ayni damda Italiya A Seriyasining eng qimmat futbolchisi Lautaro Martines bo‘lib turibdi. “Transfermarkt” portali argentinalik hujumchining transfer narxini 85 mln yevroga baholamoqda. Undan keyingi o‘rinlarda “Inter”ning yana bir futbolchisi, Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Bastoni egallagan. Bastonining narxi 80 mln yevro. Undan keyingi o‘rinlarda “Yuventus” futbolchisi Kenan Yildiz va yana bir “Inter” hujumchisi Markus Tyuram bormoqda. Ularning transfer narxi 75 million yevroga baholangan.
Ma’lumot uchun, Italiya A Seriyasi 2024-2025 yilgi mavsum yakunida “Napoli” jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. “Inter” klubi ikkinchi, “Atalanta” esa uchinchi o‘rinda yakunlagan edi.
Live
Barchasi