“Inter” o‘tgan mavsum daromadi bo‘yicha A Seriyada rekord o‘rnatdi

Sport

image

16 oktyabr kuni Milanning “Inter” klubi 2024–2025 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, milanliklar 35,4 million yevro sof foyda va 567 million yevro daromad qayd etib, A Seriya jamoalari tarixida rekord natijani qayt etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu natija “Inter” tarixidagi eng katta foyda va Italiya futboli uchun ham rekord daromad ko‘rsatkichiga aylandi. Oldingi mavsumda klub 35,7 million yevro zarar ko‘rgan edi. Shunday qilib, sof o‘sish 70 million yevroga teng bo‘ldi.

Klub rahbari Juzeppe Marotta bu yutuqni “Inter”ning zamonaviy tarixidagi muhim bosqich sifatida baholab, “birinchi marta biz sof foyda ko‘rdik, bu esa barqarorlik, operatsion samaradorlik va strategik boshqaruv natijasidir”, dedi. 

Daromad o‘sishiga jamoaning ichki chempionatdagi muvaffaqiyatlari, Yevropa Chempionlar ligasida final bosqichiga qadar yetib borgani va FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, moliyaviy hisobotlarda “Inter”ning operatsion xarajatlari 3,8 foizga – 482 million yevroga oshgani qayd etildi.

Shuningdek, klub Appyano-Jentile shahridagi o‘quv bazasini kengaytirish uchun 40 million yevro miqdorida moliyalashtirishni tasdiqladi. Loyiha doirasida ikkita yangi futbol maydoni qurish, sport markazini modernizatsiya qilish va qo‘shimcha yer uchastkalarini sotib olish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, “Inter” jamaosi joriy mavsum A Seriyada 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Klub 4 ta g‘alaba 2 mag‘lubiyat qayt etgan holda turnir jadvalida 4-pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

rekord Inter moliyaviy hisobot Juzeppe Marotta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing