Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

“Barselona”dan ketib, “ko‘karmaganlar”

Tahlil

image

“Barselona” dunyo futbolidagi eng jozibali klublardan biri sanaladi va u ko‘plab taniqli futbolchilarni katta sahnaga olib chiqqan. Jamoaning bir qator futbolchilari “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan. Ammo shunday futbolchilar borki, “Barselona”dan ketib, o‘z darajasini saqlab qololmay, o‘rtamiyona o‘yinchiga aylanib qolgan.

Biz esa e’tiboringizga “Barselona” safida kerak bo‘lsa, “Oltin to‘p”ga ega chiqib, ammo jamoani tark etganidan keyin ketmoni uchmagan futbolchilarni havola qilamiz.

Ronaldino

Ronaldinoning dabdabali turmush tarzi, fitnes bilan bog‘liq muammolari bilan birgalikda 2007/08 yilgi mavsumda uning faoliyatida keskin pasayish kuzatiladi va u shu yili yozda “Barselona” tomonidan sotuvga qo‘yildi. Ko‘plab muxlislar braziliyalikning ramziy mavqei va “Barsa”dagi 5 muvaffaqiyatli mavsumni inobatga olib, bundan norozi bo‘ldi. Ammo Pep Gvardiola Ronaldinoni jamoaga kerak emas deb, hisobladi. Futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida 2003 yildan 2008 yilga qadar to‘p tepdi va 145 ta o‘yinda 70 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u klub tarkibidagi o‘yinlari sabab, 2005 yilgi mavsumda “Oltin to‘p” g‘olibiga aylangan. 2008 yilda u Italiyaning “Milan” klubiga ko‘chib o‘tadi va faoliyatining pik davrini qaytara olmadi. 2015 yilda u “Fluminense” klubida faoliyatini yakunlaydi.

Felipe Koutino

Koutino ko‘pchilik muxlis va mutaxassislar tomonidan “Barselona” tarixidagi eng yomon transferlardan biri sifatida e’tirof etilgan va so‘nggi yillarda klubning moliyaviy qiyinchiliklarining asosiy sabablaridan biri sifatida qaralmoqda. Felipe “Barselona” safiga 2018 yilda kelib qo‘shilgan va 2022 yilga qadar faoliyat olib borgan. U bu vaqt ichida 76 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Albatta, Koutinoning pik davri “Liverpul” tarkibidagi o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. Kataloniyadan keyin u yana Angliyaga qaytdi va “Aston Villa”ga o‘tdi. Ammo “Aston Villa”da ham u eski davrlarini qaytara olmadi. Keyin Qatarga sayohat qilib keldi va hozir Braziliyaning “Vasko Da Gama” klubida faoliyatini davom ettirmoqda.

Per Emerik Obameyang

“Barselona” 2022 yilning yanvarida gabonlik forvardni “Arsenal”dan sotib oldi. U London klubida intizom bilan bog‘liq muammo sababli ketgan edi. Kataloniyaliklar safida u 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi. Shundan so‘ng u 2022 yil yozida “Chelsi” safiga ko‘chib o‘tadi va bu klub safida 15 ta o‘yinda 1 ta gol uradi. 2023/2024 yilgi mavsumni u Fransiyaning “Olimpik Marsel” jamoasi tarkibida o‘tkazadi. Bu yerda u o‘zining avvalgi darajasini qaytargandek bo‘ladi. Chunki, 34 o‘yinda 17 ta gol urgandi. Ammo u bir qator yulduz futbolchilar kabi Yevropani Saudiya chempionatiga almashdi. Obameyang 2024 yilgi mavsumdan Saudiya chempionati vakili “Al-Qodisiya” klubida faoliyatini davom ettiradi. Ayni damga kelib, Per yangi klubi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Deku

O‘z davrining eng yorqin futbolchilaridan biri Deku faoliyatida 2008 yilga kelib pasayish kuzatiladi. Ammo o‘sha vaqtda ko‘pchilik uni hali ham “Barselona”da muhim rol o‘ynashi mumkin deb, hisoblar edi. Lekin Gvardiola bunday fikrda emasdi. U portugaliyalik futbolchini “Chelsi”ga sotilishi tarafdori edi. Deku Londonga ko‘chib o‘tdi ham. U yerda ham o‘zining darajasini saqlab qolishga harakat qildi. Ikki yil davomida u bu uchun kurashdi, ammo qo‘lidan kelmadi va 2010 yilda “Fluminense” bilan shartnoma imzoladi. Braziliyadagi 3 yillik faoliyatdan keyin u butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Hozirga kelib, Deku “Barselona”ning sport direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Klaudio Bravo

Chililik darvozabonning faoliyatidagi eng gullagan paytlari aynan “Barselona”ga to‘g‘ri keladi. Klaudio 2014 yilda Kataloniya klubi safiga kelib qo‘shiladi va 2016 yilga qadar faoliyat olib boradi. U bu vaqt davomida jamoa tarkibida 70 ta o‘yinda maydonga tushib, bor yo‘g‘i 43 dona gol o‘tkazib yuborgan. “Barselona” 2016 yilda Bravoni “Manchester Siti”ga sotishga qaror qildi. Chunki jamoaning asosiy darvozaboni Mark Andre Ter Shtegen bo‘lishi tasdiqlangandi. Bravo “shaharliklar” safida 2020 yilga qadar to‘p tepadi, ammo u avvalgi klubidagidek o‘yin namoyish etolmadi. Keyin u 4 yil davomida, 2020 yildan 2024 yilga qadar Andalusiyaning “Betis”iga o‘tib ketadi. 2024 yiling avgustida chililik posbon futbolchilik faoliyatini yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ronaldin'o Deku P'er Emerik Obameyang Felippe Koutin'o Klaudio Bravo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing