“Barselona” himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi
Sport
−
29 yanvar
1411Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Inigo Martines jamoa tarkibida 2026 yilning yoziga qadar o‘ynaydi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Martines va “Barselona” hafta yakuniga qadar yangi shartnomani imzolaydi. Qayd etilishicha, Inigo joriy mavsum o‘yinlarning 60 foizida o‘ynagan bo‘lsa, shartnoma avtomatik ravishda uzaytirilishi kerak edi. Biroq, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati ushbu bandning faollashishini kutmasdan, shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Rahbariyat keyingi mavsumda ham himoyachi jamoaga yordam berishga qodir deb hisoblamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Inigo Ispaniya Superkubogi finalida “Real”ga qarshi o‘yinda tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi. 33 yoshli ispaniyalik himoyachi joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 27 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi. Futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 5 million yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Barselona” yana bir himoyachi Ronald Arauxo bilan ham shartnomani uzaytirgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


