Barcha shaharlarda tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish belgilandi
Jamiyat
−
06 aprel 2023
7235O‘zbekistonning yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilib, mamlakatning barcha shaharlarida harakat tezligi 60 km/soatdan oshmasligi belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.
Bildirilishicha, endi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan yo‘l harakati qoidalarining 78-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek, shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi”.
Qarorda qayd etilishicha, mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov zimmasiga yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyunidan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushirilishi aytilgan edi. Biroq kelib tushgan takliflar inobatga olinib, ushbu cheklov faqat shahar va viloyatlar markazlarida amal qilishi belgilandi.
LiveBarchasi