Barcha maktab bitiruvchilari o‘zbek tilidan imtihon topshirishi majburiy bo‘ladi
Jamiyat
−
27 fevral
2392Endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat (o‘zbek) tilidan imtihon topshiradi. Bu Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 20 fevraldagi 65-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish tartibida belgilandi.
Ushbu hujjatga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari, umumta’lim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
- Ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
- Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan – yozma;
- Matematika fanidan – yozma;
- O‘zbekiston tarixi fanidan – yozma/og‘zaki;
- Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda o‘tkaziladi.
11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
- Ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
- Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan – yozma;
- Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
- Tarix fanidan – yozma;
- O‘quvchining tanlovi bo‘yicha:
- Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz tilida ta’lim bo‘lgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
- Chet tili fanidan yozma/og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.
Xabarga ko‘ra, 2025 yilidan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari, shuningdek, xorijiy grantlar oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmasligi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

