Barcha ko‘chmas mulklar 2021 yil oxirigacha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
7304Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni Milliy geoaxborot tizimida to‘g‘ridan to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Bu huddi sal oldinroq bino-inshootlarni notarial tasdiqlashda joriy etilgan amaliyotga o‘xshaydi. Notarius biror bir binoni sizga o‘tishi haqidagi shartnomani tasdiqlab, uni bir vaqtning o‘zida onlayn rejimda kadastrdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazib beradi. Farmonda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ham, u vujudga kelgan paytning o‘zida ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi belgilanmoqda.
Bu farmon qabul qilinganiga qadar olingan yer uchastkalarichi? Ularning egalari qo‘lida hokim qarori bor, lekin huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Bunday huquq egalari ham, ular xoh davlat bo‘lsin, xoh nodavlat o‘z mablag‘lari hisobiga kadastr yig‘majildi tayyorlab, o‘zlariga tegishli huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari shartligi belgilanmoqda.
LiveBarchasi