Barcha darajadagi rahbarlarning xotirjamlikka berilishga haqlari yo‘q – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi to‘liq bartaraf etilmaguncha, barcha turdagi rahbarlardan mas’uliyat va javobgarlik yechilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 iyun kuni videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi. 

“Koronavirus tarqalishini oldini olish, uning aholi hayoti va iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan aniq choralarni xalqimiz bilan bamaslahat ko‘rmoqdamiz”, deydi davlat rahbari.

Hozirgi kunga qadar 3 014 nafar (79 foiz) bemor to‘liq tuzalib chiqdi. Shu bilan birga, kasallangan bemorlar soni, yuqoriligicha qolmoqda. So‘nggi 10 kun davomida o‘rta hisobda kuniga 70-80 nafar kishida kasallik aniqlandi. Bu esa hali xotirjamlikka o‘rin yo‘q deganidir.

Oxirgi bir oyda 32 ta charter reyslari orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqarolar olib kelindi. Ularning ham ko‘pchiligida, shuningdek, xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarning 192 nafarida kasallik aniqlangan.

Hozirgi kunda uy sharoitida 26 ming, statsionarda 21 ming aholi karantinda qolmoqda.

“Umuman aytganda, barcha darajadagi  rahbarlar va sektor boshliqlari bu illat bilan kurashda, xotirjamlikka berilishga haqlari yo‘q.  Ayniqsa, Samarqand, Toshkent viloyatlarida va Toshkent shahrida hamda “qizil” va “sariq” hududlar hisoblangan 50 ta shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Kasallikni to‘liq tugutmaguncha, barchamizdan mas’uliyat va javobgarlik  yechilmaydi. Chunki, dunyodagi vaziyat hamon o‘ta og‘ir va murakkabligicha qolmoqda”, deydi Prezident. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3815 nafarga yetdi. Ularning 15 nafari vafot etgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing