“Barbie” butun dunyoga qanday ta’sir ko‘rsatyapti?
Madaniyat-san’at
−
31 iyul 2023
14704Jahon premerasiga endigina bir hafta bo‘lganiga qaramay, “Barbie” filmi butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlarga katta ta’sir o‘tkazyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda “Barbie” uslubida kiyinish va bo‘yanish ommalashdi. Kompaniyalar o‘z mahsulotlarini yorqin pushti rangda taqdim etishga harakat qilishyapti.
Bundan tashqari, ushbu film Barbie qo‘g‘irchoqlari savdosini ham jonlantirib yubordi. Shu kunga qadar ushbu qo‘g‘irchoqlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zining Hi-Tech raqamli muqobil raqobatchilari bilan qattiq kurashib kelayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, film premerasidan so‘ng, uning savdosi sezilarli darajada ortgan.
Shuningdek, film namoyishidan so‘ng, dunyoning eng katta kolleksiyachi Bettina Dorfman o‘zining butun dunyodan yig‘ilgan Barbie qo‘g‘irchoqlari to‘plami sonini 18 mingtaga yetkazdi. Uning kolleksiyasida turli davrlarga oid qo‘g‘irchoqlar mavjud.
Bundan bir yil avval Rossiyani tark etgan Gollivud filmlari mamlakatga qayta kirib borishi munosabati bilan namoyish etilishi kutilayotgan ilk filmlardan biri ham “Barbie”dir.
“Barbie” jahon kinokassasi tarixidagi eng katta mablag‘ keltirgan filmlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, ayni paytgacha ayol kishi tomonidan suratga olingan eng katta debyut deb topildi. Film birgina Shimoliy Amerika kassalarida sotilgan chiptalaridan 155 million AQSH dollari ishlab topgan.
Shunga qaramay Vetnam respublikasi "Barbie" namoishini taqiqladi. Bunga filmda Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy da’volarini aks ettiruvchi "to‘qqiz chiziq" xaritasi tasvirlangan sahna mavjudligi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 21 iyul kuni xalqaro premerasi bo‘lib o‘tgan “Barbie” va “Oppenheimer” filmlari kuzdan Rossiya kinoteatrlarida namoyish etiladi.
LiveBarchasi