Gollivud Rossiyaga qaytyapti. “Barbie” va “Oppenheimer” kinoekranlarga chiqariladi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

21 iyul kuni xalqaro premerasi bo‘lib o‘tgan “Barbie” va “Oppenheimer” filmlari kuzdan Rossiya kinoteatrlarida namoyish etiladi. Bu haqda “Eprimefeed ” nashri ma’lum qildi.

O‘tgan yili Rossiyani tark etgan yirik Gollivud studiyalari mamlakatga qaytmoqda. O‘shanda teatrlar to‘satdan kinokompaniyalarning yangi mahsulotlarini namoyish qilishni to‘xtatgandi. Xususan, “Transformers 7”, “Flesh”, “Oppenheimer” va “Barbie” filmlari rad etildi. Filmlar internetda paydo bo‘lgandan keyingina namoyishlar bo‘lib o‘ta boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tom Kruzning “Mission Impossible 7” jangovar filmi 10 oktyabrda Rossiya kinoteatrlarida e’lon qilinadi. “Oppenheimer” va “Barbie”ning Rossiyadagi premerasi esa kamida 100 kundan keyin, ya’ni oktyabr oyining oxiridi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Biroq “Kinokvartal” va “Grand Cinema” kinoteatrlari tarmog‘i avgust oyidan boshlab “Barbie” va “Oppenheimer”ni onlayn namoyishidan ikki-uch oy oldin taqdim etishni rejalashtirmoqda. 

Ma’lumot uchun, premeralari bir kunda bo‘lib o‘tgan “Barbie” va “Oppenheimer” filmlari o‘zaro raqobati bilan ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ikkala filmning hamkorligi ichki debyutining o‘zida 235,5 million dollar ishlab topdi. Xususan, birgina “Barbie” filmi kinoteatrlarda namoyish etilgan dastlabki uch kun ichida 155 million dollar yig‘ib, 2023 yilning eng yuqori daromad keltiruvchi kinokartinasi sifatida talqin etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Gollivud Rossiya kinoteatrlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made