“Barbenheimer” ChatGPT'ni ortda qoldirdi
Madaniyat-san’at
−
13 dekabr 2023
7754Google kompaniyasi bir yilda qidiruv tizimida eng ko‘p qidirilgan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Unda butun dunyo bo‘ylab yilning eng shov-shuvli filmlaridan biriga aylangan va rekord darajada pul ishlagan “Barbie” va “Oppenheimer” filmlari birinchi o‘rinni qayd etdi. Ikkinchi o‘rinni esa Eurovision egalladi. Uchinchi o‘rin esa ChatGPT'ga nasib qildi.
Shuningdek, eng shov-shuvli bo‘lgan yangiliklar haqida gap ketganda, Isroil-HAMAS urushi global qidiruv so‘rovlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyin fevral oyida Turkiya va Suriyadagi zilzilalar, uchinchi o‘rinda esa “Titanik”ni qidirishga ketib o‘zi ham izsiz yo‘qolgan “Titan” suvosti kemasining portlashi haqidagi xabarlar turibdi.
Eng ko‘p qidirilgan mashhurlar qatorida yanvar oyida qor tozalash mashinasi avariyasidan omon qolganidan mashhur bo‘lib ketgan odam Jeremi Renner ham bor.
Bundan tashqari, qatorda eng ko‘p qidirilgan mashhur o‘limlar ham mavjud. Ushbu kategoriyada marhum Metyu Perri va Tina Tyorner birinchi o‘rinni egallagan.
“Oxirgimiz”, “Chorshanba” va “Jinni va Jorjiya” 2023 yilning eng mashhur uchta televizion shousi bo‘ldi.
Yilning eng ommabop qo‘shig‘i nominatsiyasi esa yapon superyulduzi Yosobining “アイドル (Idol)“ qo‘shig‘iga nasib qildi. Undan so‘ng amerikalik taniqli xonanda Jeyson Aldinning “Try that in a small town” qo‘shig‘i va Shakiraning argentinalik prodyuser Bizarrap bilan hamkorlikda ishlagan so‘nggi treki “Bzrp Misic sessions, Vol. 53» eng ko‘p qidirilgan qo‘shiqlar deb topildi. Shuningdek, Shakira bu yil Google'da dunyodagi eng ko‘p qidirilgan qo‘shiqchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilgi qidiruv natijalari joriy yilning 1 yanvaridan 27 noyabrigacha bo‘lgan qidiruvlar soniga ko‘ra ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rejissyor Greta Gervigning “Barbie“ filmi dunyo bo‘ylab 17 kunlik namoyish davomida 1 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ jamg‘argandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr