Bankdan milliardlab pul o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
23 Sentabr 2023
24884Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekistondagi bank filiallarining biridan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda kecha, 22 sentyabr kuni “Izvestiya” xabar berdi.
Tergov natijasida aniqlanishicha, 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘z sheriklari bilan birgalikda 2021 yilning yanvar oyidan aprel oyiga qadar 5 milliard so‘mga yaqin pulni o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng erkak mamlakatdan Rossiyaga qochib ketgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 160-moddasi (“Guruh tomonidan tashkil etilgan va o‘ta yirik miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi