Bank mansabdorlari plastikdagi pullarni o‘marib kelgani aniqlandi
Jamiyat
−
19 mart 2019 10834 1 daqiqa
Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi banklardan birining bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkalaridagi pullarni o‘zlashtirib kelgan. Bu haqda Xorazm viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uyushgan jinoiy guruh 2 yil davomida jami uch million so‘mdan ortiq pullarni mijozlarning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilib kelgan.
Mijoz ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr