Bank adashib avtobus haydovchisining hisobiga 26,7 mln dollar o‘tkazib yubordi
Olam
−
12 iyun 2023
34795Braziliyaning Palmas shahrida mahalliy banklardan biri avtobus haydovchisi bo‘lib ishlaydigan 58 yoshli erkakning hisobiga adashib 26,7 million dollar o‘tkazib yubordi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Antonio Pereyra ismli erkak Palmas shahrida sayyohlarga xizmat ko‘ratuvchi avtobus haydovchisi bo‘lib ishlaydi. U hisobini tekshirganida unda mavjud bo‘lgan 227 real (46 dollar) mablag‘ 131 million 870 ming 227 real (26,7 million dollar)ga ko‘payib qolganini payqagan.
"Shunchalik ko‘p pul paydo bo‘ldiki, qo‘rqib ketdim... Men hayotimda hech qachon bunday pulni ko‘rmaganman. Va agar Mega Sena'da (Braziliyadagi eng yirik lotoreya) g‘alaba qozonmasam, bunday pulni boshqa ko‘rmasam ham kerak. Men uyimga borib, xotinimga “boyib ketdik”, dedim. Lekin xotinim ham shu zahoti “keling, qaytarib beramiz”, deb aytdi”, deya hikoya qiladi Pereyra.
Antonio Pereyra 25 yildan buyon mijozi bo‘lgan bankiga borib, pullarni qaytarib bergan.
Ma’lumot uchun, Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, agar bank anglashilmovchilik sabab kimningdir hisobiga mablag‘ o‘tkazib yuborsa ham bu pullarni ishlatish jinoyat deb hisoblanadi. Bunday harakat fuqarolik va jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi