Bangladeshdagi namoyishlarda 1000 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Olam
−
30 avgust
5303Bangladeshda o‘tgan oy hukumatga qarshi namoyishlar chog‘ida boshlangan zo‘ravonliklar 1000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi va bu mamlakat 1971 yil mustaqillikka erishganidan beri tarixdagi eng qonli davr sifatida qayd etildi. Bu haqda muvaqqat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Nobel mukofoti sovrindori, iqtisodchi Muhammad Yunus boshchiligidagi muvaqqat hukumat Shayx Hasinaning ketishidan bir necha hafta oldin avj olgan zo‘ravonliklarni bostirib, uning ma’muriyatini qo‘lga oldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Nurjahon Begumga ko‘ra, 1000 dan ortiq odam halok bo‘lgan va 400 dan ortiq talaba ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan. Ko‘plab odamlar oyog‘i jarohatlangan va kesib tashlashga majbur bo‘lgan.
Ichki ishlar vazirligi rasmiysi halok bo‘lganlar soni ularning ismini oshkor qilmaslik sharti bilan shifoxona qaydlari va mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, iyun oyida hukumat lavozimlarining 56 foizi asosan 1971 yil Pokistondagi mustaqillik urushi faxriylarining qarindoshlariga kvota orqali ajratilishi to‘g‘risidagi quyi sud qarori sabab ommaviy noroziliklar boshlangan. Keyinchalik Oliy sud bu qarorni rad etgan va davlat lavozimlarining 93 foizi nomzodlar uchun ochiq bo‘lishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq namoyishlar sababchisi bo‘lgan Bangladesh sobiq bosh vaziri Shayx Hasinaga turli dahshatli jinoyatlar uchun 51 ta ayblov qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi