Bangladeshdagi qattiq rejimli qamoqxonadan 200 dan ortiq mahbus qochib ketdi

Olam

image

Bangladesh sharqida joylashgan Gazipur shahridagi Kashimpur qattiq tartibli markaziy qamoqxonasidan 200 dan ortiq mahkum qochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Dhaka Tribune” gazetasi xabar berdi.

Mamlakatdagi namoyishlar vaqtida 209 mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan. Qamoqxonadagi manbalarga ko‘ra, qo‘riqchilar qochishning oldini olish uchun o‘q uzganida, voqea vaqtida olti kishi halok bo‘lgan. Voqea bir guruh odamlar qamoqxona oldida norozilik namoyishini boshlaganda yuz bergan.

Mahalliy manbalarning aytishicha, ba’zi mahbuslar qamoqxona qo‘riqchisini garovda ushlab, bir necha mahbusning ozod etilishi uchun norozilik bildirgan. Soqchilar ularni tinchlantirishga harakat qilgan, biroq buning uddasidan chiqmagan. Qayd etilishicha, vaziyat faqat armiya yordamida barqarorlashgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 5 avgust kuni ertalab Bangladeshda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar vaqtida tayoq va toshlar bilan qurollangan olomon Bangladesh shimolidagi Sherpur tumani qamoqxonasiga bostirib kirgan va undan 500 nafar mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Namoyishchilar iyul oyi boshida mamlakat shaharlari bo‘ylab ko‘chalarga chiqib, 1971 yildagi mustaqillik urushi qatnashchilarining qarindoshlari uchun ish o‘rinlari kvotalari bekor qilinishini talab qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh qonli namoyishlarga sabab bo‘lgan qarorini bekor qildi. Bosh vazir Shayx Hasina esa o‘tgan oyda yuzlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan keng ko‘lamli namoyishlar fonida harbiy vertolyotda Hindistonga uchib ketdi va mamlakatni tark etdi. Bosh vazir qochib ketgach, Bangladesh parlamenti tarqatib yuborildi. Mamlakat armiyasining boshlig‘i general Vaqer uz-Zamon mamlakatda muvaqqat hukumat tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bangladesh mahbus Kashimpur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing