Bangladeshda politsiya 50 dan ortiq namoyishchini otib o‘ldirdi

Olam

image

Bangladeshda talabalar tomonidan uyushtirilgan ommaviy norozilik chog‘ida kamida 105 kishi halok bo‘lgan, ularning yarmidan ko‘pi politsiya tomonidan otib tashlangan. Bu haqda G‘arb axborot agentliklari xabar berdi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 700 dan ortiq odam, jumladan, 100 politsiyachi va 30 jurnalist yaralangan.

AP muxbiri xavfsizlik kuchlarining olomonga miltiq otganini, shovqinli granatalar uloqtirganini va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatayotganini ko‘rganini aytmoqda. 

“Shundan so‘ng ko‘chalar qonga to‘lib, o‘qlarga to‘lib ketdi”, dedi jurnalist.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk Bangladeshda sodir bo‘layotgan voqealarni “dahshatga soluvchi va qabul qilib bo‘lmas” deb atadi. U zudlik bilan tergov o‘tkazilishi va aybdorlar jazolanishini talab qildi.

Bangladesh politsiyasining aytishicha, namoyishchilar Narsingdi tumanidagi qamoqxonani egallab, bir necha yuz mahbusni ozod qilgan, keyin esa uni yoqib yuborishgan. Bundan tashqari, namoyishchilar ko‘plab politsiya va hukumat binolarini, shuningdek, telekompaniyalar ofislarini vayron qilgan va yoqib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Dakka, Narayanganj va Chitagong shaharlarida hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida kamida 19 kishi halok bo‘lgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT OAV namoyish Bangladesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made