Bangladeshda parom daryoga cho‘kib ketdi. 5 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 5 aprel kuni Bangladeshda taxminan 50 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan parom (solsimon yassi kema) yuk kemasi bilan to‘qnashib, Shitalakshya daryosiga cho‘kib ketdi. Bu haqda "Interfaks" xabar bergan.  

Halokat kamida besh kishining hayotiga zomin bo‘lgan, ko‘pchilik bedarak yo‘qolgan. 

Politsiya vakili Kabir Husaynning so‘zlariga ko‘ra, parom Narayanganj shahridan Munshigand tomon ketayotgan bo‘lgan. 

"Bedarak ketganlarni qidirish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda", deydi u. Kabir Husayn ba’zi yo‘lovchilar qirg‘oqqa suzib chiqishga muvaffaq bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. 

Qayd etilishicha, daryoda parom haddan tashqari ko‘p bo‘lgan. 

Bangladesh Hukumati mamlakatda koronavirus holatlari ko‘paygani sababli 5 apreldan boshlab bir haftalik lokdaun e’lon qilgan, shuning uchun ham odamlar uyga qaytishga shoshilayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bangladesh parom

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing