Bangladeshda dovul tufayli 500 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
Olam
−
14 may 2023
3322“Mokko” sikloni yaqinlashib kelayotgani sababli Bangladesh qirg‘oqlaridan 500 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar qildi.
Bangladesh meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Mokko” siklonidan shamolning tezligi soatiga 175 km ga yetishi mumkin. Bu 2007 yildagi “Sidr” siklonidan beri eng kuchli bo‘ronni keltirib chiqarishi mumkin. O‘shanda bo‘rondan 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lgandi.
Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan bo‘ron elektr va gaz ta’minotini uzib qo‘yishi va qirg‘oqbo‘yi hududlarida suvning to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Bangladeshning sharqiy qismi, Koks-Bazar mintaqasi eng jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Koks-Bazar hududi Myanma bilan chegaraning shimolida, Rakxin viloyatida joylashgan.
LiveBarchasi