Bangladeshda 200 dan ortiq odam suv toshqinlarida halok bo‘ldi
Olam
−
16 avgust 2020
6508Bangladeshda 30 iyundan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir natijasida yuz bergan toshqinda 217 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” Bangladesh Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Toshqin sabab 850 ming odam ko‘chishga majbur bo‘lgan, 47 minggi suvning ifloslanishi sabab turli kasalliklarga chalingan.
2 mln odam insonparvarlik yordami va boshpanaga muhtoj. Yevropa Ittifoqi Bangladeshga yordam uchun 1,94 mln dollar ajratdi.
BMTning insonparvarlik yordamlarini muvofiqlashtirish ofisi bayonotida Bangladeshdagi yoramga muhtojlar uchun 40 mln dollarlik dastur amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Amaldorlar toshqin ekinlarga zarar berishi va hosilni yuqib yuborishidan xavotirda.
Qayd etish kerakki, siklon havo oqimlari Hindistonning sharqiy hududlari va Bangladeshga tez-tez zarar beradi. Bu aholi, qishloq xo‘jaligi va mamlakat iqtisodiyotiga talafot yetkazadi.
LiveBarchasi