Bangladesh qonli namoyishlarga sabab bo‘lgan qarorini bekor qildi
Olam
−
22 iyul
7405Bangladesh Oliy sudi kecha, 21 iyul kuni mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan hukumat lavozimlari uchun ko‘pchilik kvotani bekor qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Bu bilan Olis sud iyun oyida hukumat lavozimlarining 56 foizi asosan 1971 yil Pokistondagi mustaqillik urushi faxriylarining qarindoshlariga kvota orqali ajratilishi to‘g‘risidagi quyi sud qarorini rad etdi. Endi davlat lavozimlarining 93 foizi nomzodlar uchun ochiq bo‘ladi.
1972 yildan beri joriy qilingan kvota tizimi hukumat faxriylarning qarindoshlariga g‘amxo‘rlik qilishni ta’minladi. Bundan tashqari, ayollar, milliy ozchiliklar va nogironlar uchun kvotalar ajratildi. 2018 yilda u bekor qilingan, ammo 2024 yilda sud qarori bilan tiklangandi.
Yoshlar ishsizligining yuqori darajasini hisobga olgan holda, bu butun mamlakat bo‘ylab talabalarning ommaviy noroziliklariga sabab bo‘ldi. Bu iyul o‘rtalarida kvotani saqlab qolish tarafdorlari va xavfsizlik kuchlari vakillari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.
Ko‘chalardagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun armiya safarbar etildi. Mamlakatda komendantlik soati joriy etildi. Yangiliklar kanallari efirga uzatilmadi, mobil internet o‘chirildi, boshqa davlatlar bilan telekommunikatsiya tizimlari uzilib qoldi. 170 million aholiga ega mamlakat tashqi dunyo bilan aloqadan uzildi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Bangladeshdagi tartibsizliklar chog‘ida 114 kishi halok bo‘lgan. 300 dan ortiq politsiyachi jarohat olgan. Bangladesh bosh prokurori Amin Uddinning ma’lum qilishicha, rasmiylar zo‘ravonliklar uchun javobgarlarni topib, ularga nisbatan qattiq choralar ko‘radi.
LiveBarchasi