“Baliq boshidan sasiydi”: adliya xodimi pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida Davlat xizmatlari markazi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumani DXM xodimi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln. AQSH dollariga sotib olib berishini aytgan. Shuningdek, yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln. AQSH dollarini berishini talab qilgan.

“Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi”, deb xabar bergan DXX.

Ma’lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda yo‘l qurilish tashkiloti boshlig‘i va kadastr xodimi pora bilan ushlangan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing