Balida o‘zbekistonliklar narkotik savdosida gumonlanib, hibsga olindi
Olam
−
30 may 2023 8325 1 daqiqa
Indoneziyaning Bali orolida xalqaro narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tarmog‘i fosh etildi hamda ushbu jinoyatda gumonlanib, Rossiya va O‘zbekistonning bir necha fuqarolari hibsga olindi. Bu haqda Bali politsiyasiga tayanib, Indoneziyaning "Kompas" portali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hibsga olinganlarning ikki nafari rossiyalik, shuningdek, O‘zbekistonning ikki fuqarosi A.B. va M.X. ham hibsga olingan.
“Politsiya xodimlari 1678 gramm marixuana, 67 gramm gashish va uchta pnevmatik to‘pponcha ko‘rinishidagi dalillarni musodara qilgan. A.B. ko‘rsatma olganini va buyurtma bergan xorijliklarga giyohvand moddalar yetkazib berganini tan oldi”, deb yozgan manba.
Keyinchalik, o‘zbekistonlik M.X. Kerobokan tumanidagi villalardan birida politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Xodimlar ushlangan shaxsdan marixuana, gashish va kokainni musodara qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025