Balandparvoz gaplar kutmang – Shohruh reper deputatlikka saylandi

Madaniyat-san’at

image

Avvalroq, o‘zbekistonlik taniqli rep xonandasi Shohruh Shodmonov Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi a’zoligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatilgani haqida xabar bergan edik. 

Kecha, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shohruh Shodmonov yetarli darajada ovoz to‘plab, Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputatligiga saylangan. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

"Mendan balandparvoz gaplar kutmang. Mening fikrimcha, har bir deputat saylangan hududida bor muammolar bilan maksimal ishlashi kerak. Xalq esa baho beradi. Barchangizdan minnatdorman. Ishonchingiz uchun rahmat", deb yozadi Shohruh Shodmonov. 

Eslatib o‘tamiz, Shohruh Shodmonovning nomzodi 9-Labixovuz saylov okrugidan ko‘rsatilgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, u 2004 yilda “Balanda”, “Bolaligim” qo‘shiqlari bilan shou-biznesga kirib kelgan.

U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Saylov Shohruh reper

Baholaganlar

837

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing