Balandlikdan yiqilgan o‘zbekistonlik akrobatlar haqida rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
05 yanvar 2020
10189Avvalroq, Niderlandiyada tomosha vaqtida o‘zbekistonlik akrobatlar 10 metr balandlikdan yiqilib tushgani haqida xabar bergan edik. Ular og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgandi.
O‘zbekistonning Benilyuks (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) davlatlaridagi elchixonasi mazkur hodisa haqida ma’lumot berdi. 3 yanvar kuni Amsterdam shahrida Butunjahon rodjestvo sirki shousida chiqish qilgan “Samo farishtalari” dueti akrobatlari, O‘zbekiston fuqarolari Kristina Vorobyova va Rustem Osmanovning ahvoli og‘irligicha qolyapti.
Qayd etilishicha, elchixona shu kunning o‘zida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga kerakli yordamni ko‘rsatish uchun Niderlandiyaning rasmiy organlari va politsiyasi bilan bog‘langan va ular bilan aloqada bo‘lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti Benilyuks davlatlari (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) hamda Daniya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Bryussel shahridagi elchixonasiga + 02 661 20 42 (44, 46, 47, 49) yoki + 32 488 41 48 06 telefon raqamlari, consulat@uzbekistan.be elektron pochtasi orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.
LiveBarchasi