Baku va Yerevan chegara masalasida kelishuvga erishdi

Olam

image

Baku va Yerevan Ozarbayjon-Armaniston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki tomonlama komissiyalarning qo‘shma ishi tartibini muvofiqlashtirishni tezlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining kecha, 3 noyabr kuni tarqatilgan xabarida aytiladi. 

“3 noyabr kuni Bryusselda Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafoyev va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoryan raisligida tegishli ravishda delimitatsiya, demarkatsiya va chegara xavfsizligi masalalari bo‘yicha tomonlar komissiyalarining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar komissiyalarning birgalikdagi faoliyati tartibini kelishish bo‘yicha ishlarni tezlashtirishga kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Ozarbayjon va Armaniston muzokarachilari navbatdagi uchrashuv sanasi va joyini ishlab chiqishga kelishib olgani aytilmoqda.  

6 aprel kuni Bryusselda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ishtirokidagi yig‘ilishda erishilgan kelishuvlarga asosan Baku va Yerevan chegara delimitatsiyasi bo‘yicha komissiyalar tuzdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing