Bakudagi biznes markazda kuchli portlash yuz berdi (video)
Olam
−
24 noyabr 5265 1 daqiqa
Bugun, 24 noyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku markazidagi Narimonov tumanida joylashgan ofis binosida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash AFEN Plaza nomli biznes-markazda yuz bergan. Hududiy tibbiy bo‘linmalarni boshqarish birlashmasi ma’lumotiga ko‘ra, besh kishi jarohatlangan. FVV portlashdan so‘ng yong‘in kuzatilmaganini, biroq vayronalar hosil bo‘lganini qayd etgan. Vazirlik xodimlari yetti kishini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AFEN Plaza biznes markazidagi portlash binoning birinchi qavatida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida olti qavatli binoning birinchi qavatidan beshinchi qavatigacha vayronalar kuzatilgan. Hodisa bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Turkiston viloyati Algabas qishlog‘i Jetisay tumanidagi ikki qavatli xususiy turarjoy binosida yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 12 kishi, jumladan, 9 nafar bola halok bo‘lgan.
Live
Barchasi