Baxtiyor Saidov Yaponiyaning Adliya vaziri bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 may 3078 1 daqiqa
Bugun, 1 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Adliya vaziri Keisuke Sudzuki bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida o‘tkazilgan va unda qator mintaqaviy va global mavzular, ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, huquqiy islohotlar, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, boshqaruv va qonun ustuvorligini ta’minlash sohasida ilg‘or tajriba almashish masalalari muhokama qilingan.
“Shuningdek, mamlakatlarimizda islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi adliya tizimlarimiz o‘rtasidagi institutsional hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik”, deya yozgan vazir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio hamda AQSH Prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts bilan uchrashgandi.
Live
Barchasi