Saidov Nyu-Dehlida Trampning maxsus vakili bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindistonning Nyu-Dehli shahrida AQSH Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlari barcha yo‘nalishlarda rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlangan.

Oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni yanada faollashtirish hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.

Shuningdek, C5+1 formati doirasidagi hamkorlik, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.

“Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqotni izchil davom ettirish hamda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldik”, deydi Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda AQSH Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing