Baxtiyor Saidov Raisiy qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
13 mart 2023
6034O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Eronga tashrifi doirasida Prezident Ibrohim Raisiy qabulida bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun katta sharaf. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik”, deb yozgan Saidov.
Shuningdek, u Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullahiyon bilan birgalikda hamkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishga ishonch bildirgan.
Bundan tashqari, Saidov bilan birga O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan muzokara o‘tkazgan. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqaviy savdo va o‘zaro bog‘liqlik masalalari hamda Tashkilot doirasida rejalashtirilgan bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlikning turli jihatlari muhokama qilingan.
LiveBarchasi