“Baxti Tashkentskiy”ning akasi 10,5 yilga qamaldi
3-sahifa
−
19 iyul
5830Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Qudratullayev 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
Sud hukmiga ko‘ra, Shuhrat Qudratullayev xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.
Davlat ayblovchisi suddan qo‘lga olinganda tovlamachilikda ayblangan Shuhrat Zafarovich Qudratullayevga 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘ragan.
Prokurorga ko‘ra, Shuhrat Qudratullayevga qo‘yilgan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) o‘z tasdig‘ini topgan. Davlat ayblovchisi sudlanuvchi 2017 yilda shartli ozod etilgani va o‘talmay qolgan jazosi borligi inobatga olinib, uni Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat)ga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topish va 11 yil ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq sud Baxtiyor Qudratullayevни 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Жuманиёзоvaни esa 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilgani xabar qilingandi.